Saytga kirish:
Sayt ro'yhatidan o'ting va barcha malumotlarga ega bo'ling
Login:
Parol:
. Ro'yhatdan o'tishni o'rganish
YANGILIK
Barcha turdagi eng so'nggi xabarlar
DASTUR
Windows va mobil telefon uchun dasturlar!
MUSIC
Eng so'ngi Premyera taronalar
VIDEO
Eng so'ngi Premyera kliplar
Sms Sher
Sms hazillar, Sms sevgi va boshqa...
FOTO
Barcha yulduzlar rasmi va Shou...! ;)

SAHIFALAR
Barcha turdagi har-hil sahifalar

REKLAMA
Reklama F.Diamond Studio!

SUHBATLASHUV
Вы можете просмотреь новости за определенный день

REKLAMA
Reklama uchun bo'sh joy!

SMS SHERLAR
Sms sherlar sms hazillar!

WEB SMS
Bu yerda bepul sms yuborish mumkin!



SO'ROVNOMA
Barchasiga javob bering!
SEVGAN INSONINGIZ BORMI?
Всего ответов: 591

TOP 20 MP3
Bu yerda forum suhbatlashuvning faollari!

FORUM FAOLI
Bu yerda forum suhbatlashuvning faollari!

HISOBLAGICH
Hozir saytda kimlar bor ekan!

Onlayn soni: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

ALOQA HIZMATI
Voy.uz saytining boshqaruvchilar bilan aloqa!
Portal mamuryati
VoyAdmin
Агент@mail.ruinfo@voy.uz
(+99893) 549-53-33

Portal yurutuvchilari
SamirA
Агент@mail.ruSen_uchun@voy.uz
Zevs(Elyor)
Агент@mail.ruElton08@list.ru
(+99897) 423-66-76

Главная » 2016 » May » 9 » O‘ZBЕK KINOSINING ENG QIMMAT FILMI PRЕMYERAGA TAYYOR. FILMNING YARALISHIGA ISHONISHMAGANDI!
19:29
O‘ZBЕK KINOSINING ENG QIMMAT FILMI PRЕMYERAGA TAYYOR. FILMNING YARALISHIGA ISHONISHMAGANDI!

O‘zbek kinosida tub burulish yasashni maqsad qilgan rejissor: Akbar Bekturdiyev o‘zbek kino tarixidagi eng qimmat filmni suratga oldi. Bungacha Rustam Sa’diyevning “Baron” deb nomlangan filmi uchun 1mlrd 500 mln so’m mablag’ sarfangan bo’lib, mazkur film ham katta shov-shuvlarga sabab bo’lgan edi.  
«Oyqiz ertagi» esa «Baron»dan 100 mlnga qimmat, ya’ni film byudjeti 1,6 mlrd so’mni tashkil qildi. 
“O’zbekkino” milliy agentligi Markaziy Osiyoda ilk marotaba tarixiy ertak janriga qo’l urib, “Oyqiz ertagi” nomli filmni suratga olganligini e’lon qildi. Yosh kinorejissor: Akbar Bekturdiyevga ishonib topshirilgan mazkur kartina sanoqli kunlarda katta ekranlarga chiqish arafasida.Akbar Bekturdiyevning bu galgi filmi bilan uning nomi nafaqat tan olinganlar qatoriga qo’yiladi balki tarixda ham qolishi mumkin. “Ssenariyni yozib, badiiy kengashga topshirganimizda shu filmni “O‘zbekfilm”da yaratish mumkinmi, o‘zingni ko‘zing yetyaptimi, yana bir o‘ylab ko‘rasanmi, degan savollar ham bo‘ldi. Oldimizda ikkita yo‘l bor edi yoki haqiqattan ham shu ishni juda ajoyib qilish kerak yoki umuman qilmaslik kerak. O‘sha vaqtda ya’ni 
ssenariyni topshirgan vaqtimizda o‘zimizga ishonchimiz baland bo‘lgani uchun fikrimizdan qaytmadik”, – deydi film rejissori: Akbar Bekturdiyev.
Haqli savol tug‘iladi nima uchun filmga shuncha mablag‘ sarflandi. Bunga esa rejissyorning javobi quyidagicha bo‘ldi:«Maishiy hayotimiz haqida film suratga olsak ham bir aktyorning libosi uchun ancha mablag‘ sarflanadi. Bu filmda esa yuzlab aktyorlar uchun maxsus tarixiy liboslar tayyorlandi. Bu kiyimlar ularning obrazi, xarakteri, tipajidan kelib chiqilib yaratildi, hattoki qurolining sopigacha o‘ylandi. Bu uchun juda katta mablag‘, vaqt kerak bo‘ldi. Film tayyorgarlik jarayoni, dekoratsiyalar qurish, filmdagi maxsus efektlar va montaj jarayoni ham yaxshigina vaqt va mablag‘ni talab qildi. Bundan tashqari ushbu filmni eng so‘nggi texnikalar bilan yuqori darajada ishlashga erishdik. Filmni 4K formatda suratga oldik, Dolby Surround 5.1. formatiga moslab ovozlashtirdik, juda ko‘p sahnalarda maxsus effektlardan foydalandik.Film fentezi janrida bo‘lib,unda sevgi-muhabbat, yovuzlik va adolat kabi mavzular ochib berilgan.»
Filmdagi voqealar Sarang malikasi Oyqiz tomonidan hikoya qilinadi. Rejissyor ushbu filmga dastavval «Cho‘l malikasi» deya nom qo‘yishni o‘ylaydi, ammo keyinchalik uning fikri «Oyqiz ertagi»da to‘xtaydi.
Filmda aktyorlar Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova, Alixan, Ma’ruf Otajonov, Dilbar Ikromova, Hayrulla Sa’diyev, Feruza Sobitova va boshqalar ishtirok qilgan.
Film 3 yil mobaynida 1000 ga yaqin insonlar mehnati bilan yaratilgan.

maqola muallifi: Feruz Muhammad

 












 

Категория: SHOU-BIZNES | Просмотров: 800 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
WWW.VOY.UZ PORTALI © 2009-2012
Barcha huquqlar qonun tomonidan himoyalangan
Saytda joylangan mp3,video va boshqa turdagi fayllar uy sharoitida foydalanishi shart! Voy.uz saytidagi fayllardan ko'paytirib tarqatish taqiqlanadi!
Designed & Developed - Studiya OnlinedizaynStudio Создать бесплатный сайт с uCoz
webtop.uz